Chevrolet Malibu 2

Qismlarni ko‘rib chiqing: tekshirish/almashtirish muddatlari, masofa chegaralari va tavsiyalar.

Motor moyi
Modelga xos

Motor moyi


Almashtirish / tekshirish Har 8 000 - 10 000 kilometrda (moy turiga va sifatiga qarab). Yoki 6 oyda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: Yuqori sifatli sintetik moy (masalan, 5W-30, GM Dexos1 Gen2 strandartiga mos) ishlatish tavsiya etiladi. Yangi avtomobil uchun birinchi martta 2 000 km dan keyin almashtirish kerak! Moy almashganda moy filterini ham tozalash yoki zarur bo‘lsa almashtirish kerak. Har safar motor havo filtri ham albatta almashtirilishi kerak.
Botda eslatma o‘rnatish
Karobka moyi
Modelga xos

Karobka moyi


Almashtirish / tekshirish Har 60 000 - 70 000 kilometrda. Yoki 4 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: Avtomatik uzatmalar uchun Dexron VI yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilagan ATF moyidan foydalanish tavsiya etiladi. Avtomatik karobkalarda filtr va prokladka (padon qopqog‘i rezinkasi) ham almashtiriladi. Almashtirish paytida magnit boltlarni ham tozalash yoki zararu bo'lsa almashtirish kerak bo'ladi.
Botda eslatma o‘rnatish
Antifriz
Modelga xos

Antifriz


Almashtirish / tekshirish Har 60 000 - 70 000 kilometrda. Yoki 3 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: GM standartiga mos Dex-Cool (Long Life) – qizil / to'q pushti rangli antifrizdan foydalanish tavsiya etiladi. Kamaygan antifrizni aslo suv bilan to'ldirish mumkun emas! Muddati o'tgan antifrizni almashtirishda eski suyuqlikni to‘liq tozalash kerak bo'ladi. Antifriz almashtirishda radiator qopqog‘i, sovutish shlanglari va termostatni ham texnik tekshiruvdan o'tkazish kerak.
Botda eslatma o‘rnatish
Tormoz kolodkalari
Modelga xos

Tormoz kolodkalari


Almashtirish / tekshirish Har 25 000 - 30 000 kilometrda. Yoki 2 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - Original (GM) yoki sertifikatlangan analog modellarini qo'yish tavsiya etiladi. - Kolodka almashtirganda tormoz disklari va tormoz suyuqligi holatini ham tekshirish kerak bo'ladi. - Avtomobil tormozlanganda g‘ijirlagan ovoz, sekin tormozlanish, pedalda qattiqlik yoki bo‘shlik sezilsa kalodkalar muddati yetib kelganini bildiradi. - Sifatli tormoz kolodkasi tarkibida metal bo‘lmaydi va magnit bilan o‘zaro tasirlashmaydi.
Botda eslatma o‘rnatish
Dvigatel havo filteri
Modelga xos

Dvigatel havo filteri


Almashtirish / tekshirish Dvigatel moyi bilan bir vaqtda yoki har 7 000 - 8 000 kilometrda. Agar avtomobil yurmagan bo'lsa ham 12 oyda bir martta.
Tavsiya: - Almashtirishda filtr qutisi ichini changdan tozalash tavsiya etiladi. - Dvigatel filteri to'lib qolgan bo'lsa ko‘proq yonilg‘i sarfi va avtomobil tortishi kuchsizlanadi. - Dvigatel moyini almashtirganda doimo filterni ham almashtirish kerak.
Botda eslatma o‘rnatish
Svecha o't oldirgich
Modelga xos

Svecha o't oldirgich


Almashtirish / tekshirish Har 30 000 - 35 000 kilometrda. Yoki 2 yilda bir marta (svechalar holatiga ko'ra)
Tavsiya: Agar avtomobil gazda yuradigan bo'lsa har 20 000 - 25 000 kilometrda tekshirib turish kerak. Iridium yoki nikel qotishmali GM standartiga mosh original shamchalardan foydalanish tavsiya etiladi. Original svecha uchi magnitga tortilmaydigan bo'ladi. Shamchani almashtirganda yoqilg'i filterini ham tekshirish tavfsiya etiladi.
Botda eslatma o‘rnatish
Yoqilg'i / benzin filtr
Modelga xos

Yoqilg'i / benzin filtr


Almashtirish / tekshirish Har 15 000 - 20 000 kilometrda. Yoki 1 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - Benzin pampersi alamshtirilganda yoqilg'i bakini ichini tozalab yuvish kerak bo'ladi. - Pampers almashitrilgach yoqilg'i bosimini tekshirib ko'rish kerak bo'ladi. - O't oldirish svechalari va injektor holatini ham tekshirib ko'rish tavfsiya etiladi.
Botda eslatma o‘rnatish
Tormoz suyuqligi
Modelga xos

Tormoz suyuqligi


Almashtirish / tekshirish Har 25 000 - 30 000 kilometrda. Yoki 2 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - GM tomonidan DOT 4 standartdagi suyuqlikdan foydalanish tavfsiya etiladi. - Tormoz suyuqligini almashtirishda eskisini to'liq chiqarib tashlash kerak bo'ladi. - Shuningdek suyuqlik tizimiga havo kirib qolmasligiga qattiq e'tibor berish kerak - Tormoz suyuqligini almashtirganda suyuqlik shlangi va kalodkalarni ham tekshirish tavfsiya etiladi
Botda eslatma o‘rnatish
Zaslonka
Modelga xos

Zaslonka


Almashtirish / tekshirish Har 25 000 - 30 000 kilometrda. Yoki 1 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - Zaslonkani uy sharoitida mustaqil tozalash mumkun emas, chunki tozalashdan keyin avtomobil dasturiy taminotini kompyuterda qayta sozlash kerak bo'ladi. - Faqatgina maxsus drossel spreyi yordamida tozalash kerak bo'ladi. - Zaslonka tozalaganda motor va moy filtrlarini ham tekshirish tavfsiya etiladi.
Botda eslatma o‘rnatish
Injektor
Modelga xos

Injektor


Almashtirish / tekshirish Har 25 000 - 30 000 kilometrda. Yoki 2 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - Injektorni faqatgina maxsus tozalash qurilmasida diagnostika qilib tozalash tavfsiya etiladi. - Injektor tozalanganda yoqilg'i filteri va svechalarni ham tekshirish tavfsiya etiladi. - Injektorlarni tozalash muddati ishlatiladigan yoqilg'i turiga va atrof muhitga ham bog'liq.
Botda eslatma o‘rnatish
Akkumulyator
Modelga xos

Akkumulyator


Almashtirish / tekshirish Har 70 000 - 80 000 kilometrda. Yoki 3-4 yilda bir marta.
Tavsiya: - 70A yoki 75A , 12V akkumulator qo'yish tavsiyfa etiladi. - Akkumulator almashtirganda generator remeni, starter rele va kontakt kabellarini ham tekshiruvdan o'tkazish kerak. - Original Delkor yoki Camel akkumulatorlaridan foydalanish tavfsiya etiladi. - Agar mashina yongan holda qolib, akkumulator o'tirib qolgan bo'lsa, uni keyingi holatini texnik diagnostikadan o'tkazib qo'yish tavfsiya etiladi.
Botda eslatma o‘rnatish
Razval tekshiruvi
Umumiy

Razval tekshiruvi


Almashtirish / tekshirish Har 10 000 - 12 000 kilometrda. Yoki 1 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - Razval amaliyoti o'tkazilganida avtomobil shinalari bosimini ham tekshirish tavfsiya etiladi. - Shina protektor tishlarini yemirilishini, sharli oporalar va amartizator holatini ham ko'zdan kechirib qo'yish maqsadga muvfiq.
Botda eslatma o‘rnatish
Shina balansirovka
Umumiy

Shina balansirovka


Almashtirish / tekshirish Har 12 000 - 15 000 kilometrda. Yoki 1 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - Shina balansirovka amaliyoti o'tkazilganida avtomobil shinalari bosimini, sharli oporalar, tormoz diskalari va amartizator holatini ham tekshirish tavfsiya etiladi.
Botda eslatma o‘rnatish
Kompleks yuvish
Umumiy

Kompleks yuvish


Almashtirish / tekshirish Har 10 000 - 12 000 kilometrda. Yoki 1 yilda bir martta.
Tavsiya: - Kompleks moyka faqatgina maxsus servislarda mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi kerak. - Kapot ostidagi elektorn qurilmalarga suv tegmasligi kerak! - Albatta maxsus avto shampunlarndan foydalanish kerak. - Moykani yopiq muhitdagi joyda amalga oshirish kerak. - Agar avtomobil kuzovida himoya plyonkasi bo'lsa bu haqida mutaxasisni ogohlantiring.
Botda eslatma o‘rnatish
Antiradar (Baza / Proshivka)
Umumiy

Antiradar (Baza / Proshivka)


Almashtirish / tekshirish Baza har 2-3 haftada bir martta. Proshivka 1 yilda bir martta.
Tavsiya: - Agar taksi faoliyati va uzoq yo'lga ko'p qatyadigan bo'lsangiz bazani har 1 haftada yangilash tavfsiya etiladi. - Proshivka ya'ni dasturiy ta'minotni yangi versiyasi chiqqanidan keyin kamida 1 oy o'tib yangishlash tavfsiya etiladi. Yangi versiyada turli test qilinmagan nuqsonlar bo'lishi mumkun. - Baza va dasturiy ta'minotni faqat rasmiy ishlab chiqaruvchi saytidan olish kerak. - Baza va dasturiy ta'minot sizning qurilmangiz modeliga mos ekanligini tekshiring.
Botda eslatma o‘rnatish
Oyna tozalagichlar
Umumiy

Oyna tozalagichlar


Almashtirish / tekshirish Har 6 - 12 oyda bir marotaba. Yoki har yoz-qish mavsumidan keyin.
Tavsiya: - Har yil bahorda (yomg‘ir mavsumi oldidan) yoki qish boshlanishidan oldin yangilash kerak bo'ladi, chunki bu davrda dvorniklar eng ko‘p ishlatiladi. - Yoz issig‘ida rezina yubshab qoladi, qishda esa sovuq va muzdan mo‘rtlashadi, bu ham muddatni qisqartiradi. - Agar dvornik shisha ustida “chizib” ishlasa, tovush chiqarsa yoki suvni yaxshi surmasa — mavsumidan qat’i nazar almashtirish kerak.
Botda eslatma o‘rnatish
Shinalar
Umumiy

Shinalar


Almashtirish / tekshirish O'rtacha 40 000 - 50 000 kilometrda. Shina turiga va sifatiga bog'liq.
Tavsiya: - Budjet klassdagi shina balonlar 40 000 - 45 000 km yuradi. - Premium shinalar 60 000 - 70 000 km yuradi. - Archa tishli shinalarni har 5 000 kilometrda joyini almashtirib turish (perekidka qilish) kerak. - Simetrik tishli shinalarni har 10 000 kilometrda joyini almashitirib turiladi. - Yangi shina olishda DOT kodiga e'tibor bering. Bu shina ishlab chiqarilgan sanani ko'rsatadi.
Botda eslatma o‘rnatish
Kuzov detailing
Umumiy

Kuzov detailing


Almashtirish / tekshirish Har 40 000 - 50 000 kilometrda. Yoki 2 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: Polirovka - bo'yoqning yupqa qatlamini olish evaziga mayda (tirnoq ilmaydigan darajadagi) chiziqlarni tekislash, oksidlanish va dog‘larni yo'qotib tiklash jarayoni. Keramika — bu nano-texnologiyaga asoslangan suyuq polimer bo‘lib, bo‘yoq yuzasiga kimyoviy bog‘lanib, shisha kabi qattiq himoya qatlamini hosil qiladi. Keramikadan keyin mashinani yuvish ancha osonlashadi va kir-dog'lar kamroq yopishadi. Bo'yoq rangi yangidek chuqurroq va yorqinroq yaltirab ko‘rinadi.
Botda eslatma o‘rnatish
Konditsioner frioni
Umumiy

Konditsioner frioni


Almashtirish / tekshirish Har 45 000 - 50 000 kilometrda. Yoki 2 yilda bir marta (agar yurgan masofa kam bo‘lsa ham)
Tavsiya: - Konditsioner sovuq emas iliq havo chiqarib, avvalgidek yaxshi sovutmay qo'ysa frionni tekshirish yoki to'ldirish kerak. - Ortiqcha frion quyish ham zarar (kompressorga yuk beradi). - Faqat R134a standartiga mos frion quying. - Frion to'ldirganda radiator va filtrlarni tozaligni tekshiring. - Issiq mavsumda oynalarga quyoshdan himoya plyonkasi yopishtirish sovutish tizimiga yordam beradi.
Botda eslatma o‘rnatish

Ma’lumotlar tanishtiruv uchun. Texnik xizmat faqat mutaxassis tomonidan, avtomobilning joriy holatidan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.