Avtomashinalarda xavfsizlik yostiqchalari va kamarning vazifasi
Avtomobillarda xavfsizlik yostiqchalari (airbag) mavjud boʻlsa ham, xavfsizlik kamarini taqish zarurati doimo saqlanib qoladi. Chunki xavfsizlik yostiqchasi kamar oʻrnini bosa olmaydi, aksincha, ular faqat birgalikda ishlaganda kutilgan himoya samarasini beradi. Yoʻl-transport hodisasi yoki toʻqnashuv yuzaga kelganda, xavfsizlik kamari haydovchi yoki yoʻlovchining oldinga keskin otilib ketishining oldini oladi. Oʻz navbatida, xavfsizlik yostiqchasi yuzaga keladigan zarba kuchini yumshatish va tananing ogʻir shikastlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Shuning uchun zamonaviy avtomashinalarni boshqarishda har qanday vaziyatda ham xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilish, jumladan, har safar yoʻlga chiqqanda kamarni taqib yurish hayot va sogʻliqni saqlashning eng asosiy kafolati hisoblanadi.