Avtomat va mexanika uzatmali avtomobillarning ijobiy hamda salbiy tomonlari
Avtomobil xarid qilishda uzatmalar qutisi turini tanlash muhim qaror hisoblanadi. Avtomat karobkali mashinalarni boshqarish qulay va ularni keyinchalik qimmatroq narxda sotish imkoniyati mavjud. Biroq, ularning texnik xizmati, yoqilg'i sarfi va ta'mirlash xarajatlari yuqori bo'ladi. Mexanik uzatmali avtomobillar esa tejamkorligi bilan ajralib turadi. Ularning ehtiyot qismlari arzon va ta'mirlash ishlari oson kechadi, lekin bunday transport vositalarini ikkilamchi bozorda sotish biroz qiyinroq bo'lishi mumkin.