Avtomobil glushiteliga teshik ochish afsonasi va uning salbiy oqibatlari
Avtomobil glushitelidan kondensat suvini chiqarish maqsadida uning ostiga kichik teshik ochish boʻyicha tarqalgan tavsiyalar koʻpchilik haydovchilarni adashtirmoqda. Mutaxassislar eskirgan va zanglay boshlagan qismlarga bunday amaliyotni qoʻllash glushitelning tezda yaroqsiz holatga kelishiga sabab boʻlishini ta'kidlashmoqda. Eskirgan metallga ochilgan teshik kengayib, uning porillab teshilishiga va butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Yangi va mukammal holatdagi detallargagina tegishli boʻlgan bu usulni qoʻllashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.