Avtomobil konditsioneridan issiq kunlarda to'g'ri foydalanish sirlari
Avtomobilni issiq kunda salqinlashtirish bo'yicha tavsiyalar haydovchilarga konditsionerdan samarali foydalanish imkonini beradi. Qizib ketgan mashina saloniga o'tirgach, darhol konditsionerni to'liq quvvatda ishga tushirish tavsiya etilmaydi. Buning o'rniga, dastlabki 10-20 soniya davomida eshik yoki oynalarni ochib turish kerak. Bu salonda to'planib qolgan issiq havoning tez chiqib ketishini ta'minlaydi. Shundan so'ng oynalarni yopib, konditsionerni ishga tushirish sovutish jarayonini tezlashtiradi va tizim samaradorligini oshiradi.