Avtomobil konstruksiyasiga qanday oʻzgartirishlar kiritish qonunbuzarlik hisoblanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, transport vositasi tashqi koʻrinishi, kuzovi, dvigatel yoki yukxona oʻlchamlarini oʻzgartirish, qoʻshimcha yoqilgʻi baki, gaz balon uskunalari, gidrobort, maxsus chiroqlar va oʻrindiqlar qoʻshish yoki olib tashlash konstruktiv oʻzgartirish sanaladi. Bunday harakatlarni qonuniy rasmiylashtirish yoʻlda yuzaga keladigan ortiqcha savollar va noqulayliklarning oldini oladi.