Avtomobil motori moyini almashtirishda uning ichini maxsus vositalar bilan yuvish zarurati haqida
Avtomobil motori moyini har safar almashtirish jarayonida uni maxsus kimyoviy vositalar yordamida yuvish, yani promivka qilish har doim ham talab etilmaydi. Agar transport vositasiga o'z vaqtida sifatli moy quyib borilgan bo'lsa, motor ichki qismlari o'z-o'zidan toza saqlanadi. Biroq dvigatelning ahvoli og'ir yoki tarixi noma'lum bo'lsa, mutaxassis maslahati bilan yuvish ishlarini bajarish mumkin. Asossiz ravishda har safar promivka qilish dvigatelga foyda keltirmasligi va salbiy ta'sir ko'rsatishi ham mumkin.