Avtomobil motorida moyni o'z vaqtida va sifatli almashtirish muhimligi

Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish jarayonida motor moyini o'z vaqtida almashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar transport vositasi asosan shahar sharoitida harakatlansa, moyni har 4000-6000 kilometrda almashtirish tavsiya etiladi. Trassada yuradigan mashinalar uchun esa bu masofa 7000-10000 kilometrgacha bo'lishi mumkin. Vaqtida almashtirilmagan yoki sifatsiz moy motorning ishdan chiqishiga va uning ichki qismlarida jiddiy nosozliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Maqolalarga qaytish