Avtomobil motorida vanus yoki fazoviy oʻzgartirgichning vazifasi va ahamiyati

Zamonaviy avtomobil dvigatellarida fazoviy oʻzgartirgich, yani vanus muhim vazifani bajaradi. Dvigatel boshqaruv bloki klapan yordamida unga motor moyini yoʻnaltiradi. Moy bosimi taʼsirida rotor taqsimot valini tirsakli valga nisbatan siljitadi. Natijada klapanlar vaqtida ochilib-yopilib, motorning past va yuqori aylanishlarda optimal ishlashini taʼminlaydi. Vanusli dvigatellar oddiy shkivlilarga qaraganda tejamkorroq va quvvatliroq boʻladi. U buzilganda "check" chirogʻi yonib, quvvat pasayadi va yonilgʻi sarfi ortadi.
Maqolalarga qaytish