Avtomobil qismlarining tez ishdan chiqish sabablari va ularning asosiy alomatlari

Avtomobillardan foydalanish jarayonida turli nosozliklar kelib chiqishi tabiiy holat. Haydash paytida tormozni qattiq bosish amortizator shtogining qiyshayishiga olib keladi. Agar tormoz bosilganda mashina qaltirasa, bu ko'pincha tormoz diskining (oporni diz) qiyshayganini bildiradi. Odatda, bunday holat qizib turgan mashinani issiq kunda to'satdan sovq suv bilan yuvish oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek, harakatlanish vaqtida rul chambarining urishi balonlarning qiyshayishi yoki disk balansining buzilganidan darak beradi. Mashina turgan joyda rulning zirillashi esa motor pozitsiyasining o'zgargani yoki dvigatel aylanish tezligidagi muammolar bilan bog'liq bo'ladi. Yuqori tezlikda ketayotganda paydo bo'ladigan uvullash ovozi esa asosan g'ildirak podshnikining ishdan chiqqanini bildiradi va bu detallarga o'z vaqtida e'tibor qaratish muhimdir.
Назад к статьям