Avtomobilga metan yoki propan gazini o'rnatishning afzalliklari va kamchiliklari

Avtomobillar uchun muqobil yonilg'i sifatida metan va propan gazlarining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Metan eng tejamkor variant bo'lib, eng arzon yuradigan gaz hisoblanadi. Biroq uning balloni og'ir, bagajda ko'p joy egallaydi va qishda navbatlar ko'p bo'ladi, shuningdek, texnik hujjat talab etiladi. Propan esa yengil, zapaska o'rniga o'rnatiladi va qishda navbat kutish muammosi yo'q. Lekin u metandan qimmatroq bo'lib, o'ziga xos o'tkir hid chiqarishi mumkin. Yoqilg'i turidan qat'i nazar, dvigatel umrini uzaytirish uchun sifatli motor moyidan foydalanish tavsiya etiladi.
Maqolalarga qaytish