Avtomobillarda mexanik va avtomat uzatmalar qutisi moyini almashtirish muddatlari
Avtomobillarning uzatmalar qutisi (karobka) moyini oʻz vaqtida almashtirish texnik xizmat koʻrsatishning muhim qismidir. Xususan, turbinali dvigatelga ega boʻlgan avtomat karobkali transport vositalarida moyni har oʻttiz ming kilometr masofadan soʻng yangilash tavsiya etiladi. Sababi, bunday mashinalarda uzatmalar qutisiga yuqori yuklama tushadi. Agar moy oʻz vaqtida almashtirilmasa, gidrobloklar va boshqa qismlar shikastlanib, jiddiy nosozliklar kelib chiqishi va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Mexanik uzatmalar qutisida эса moyni yetmish mingdan sakson ming kilometrgacha boʻlgan masofada almashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi