Avtomobillarda tormoz tizimining qizib ketishi va uning oldini olish choralari
Tog'li hududlarda va perevalarda harakatlanish davomida yuk ortilgan avtomobillarning tormoz tizimi, jumladan oporniy disk va barabanlarining haddan tashqari qizib ketish holatlari tez-tez kuzatiladi. Ushbu muammoning oldini olish va xavfsizlikni oshirish maqsadida tormoz disklarini sovutish tizimini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus perforatsiyali oporniy disklar havo aylanishini yaxshilab, qizishni kamaytiradi va tormoz samaradorligini barqaror saqlashga xizmat qiladi.