Avtomobillarda uchraydigan texnik nosozliklar va ularning kelib chiqish sabablari

Avtomobil harakatlanishida turli nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, burilishda mashinaning oʻchib qolishi zaslonka ifloslanganidan dalolat beradi. Joydan qoʻzgʻalganda tebranish kuzatilsa, shishgan balonlar yoki ichki granatani tekshirish zarur. Gʻildirak podshipniklari almashtirilganda ham uvullash tovushi saqlansa, bu balonlarning notoʻgʻri yoki teskari oʻrnatilgani bilan bogʻliq. Shuningdek, turgan joyda rulning tebranishi motor yostiqchalari eskirganini bildiradi. Tezlashganda taglikdan ovoz kelishi richag rezinasi yirtilganidan boʻlishi mumkin. Balonlar joyi oʻzgartirilganda ham rul tortishi gʻildirak geometriyasi yoki shina nuqsonlari mavjudligini koʻrsatadi.
Назад к статьям