Avtomobillarni qonuniy va noqonuniy tyuning qilish qoidalari haqida

Avtomobilga qilingan har qanday o'zgartirishlar qonunchilik talablariga mos kelishi shart. Masalan, kuzovni rangsiz himoya plyonkasi bilan qoplash, salon yorug'liklari va baland ovozli kalonkalarni o'rnatish hamda rulni almashtirish qonuniy hisoblanadi. Shuningdek, tonirovka maxsus ruxsatnoma asosida va belgilangan me'yorlarda ruxsat etiladi. Biroq, mashina klirensini ataylab pasaytirish, baland ovozli glushitel, ksenon yoki led linzali faralar o'rnatish qat'iyan taqiqlanadi. Ruxsat etilgan o'lchamdagi diska va shinalardan kattasini qo'yish ham huquqbuzarlik sanaladi
Maqolalarga qaytish