Avtomobillarning xavfsizlik sinovlari nima uchun aynan 64 km/soat tezlikda o'tkaziladi
Avtomobil xavfsizligini ta'minlash va sinovdan o'tkazish jarayonida 64 km/soat tezlik standarti maxsus tanlangan. Ko'pchilik bu tezlikni past deb o'ylasa-da, fizik qonuniyatlarga ko'ra, tezlik biroz oshsa ham zarba kuchi keskin ortadi. Masalan, 64 km/soatdan 80 km/soatgacha bo'lgan atigi 16 km/soatlik farq to'qnashuv kuchini 56 foizga oshiradi. Shu sababli ekspertlar mashinalarning kuzovi, xavfsizlik kamarlari, yostiqchalari va yo'lovchilar hayotini himoya qilish imkoniyatlarini aynan shu tezlikda tekshiradilar.