Avtomobilni har kuni qisqa masofaga haydashning motor va akkumulyatorga salbiy ta'siri
Avtomobilni har kuni atigi ikki-uch kilometr masofaga haydash dvigatel va akkumulyator uchun foydali emas. Qisqa masofada motor toʻliq qizishga ulgurmaydi, buning natijasida ichkarida hosil boʻlgan namlik toʻliq bugʻlanib chiqib ketmaydi. Shuningdek, dvigatelni oʻt oldirish uchun sarflangan quvvat qisqa yoʻlda akkumulyatorda toʻliq tiklanmaydi va vaqt oʻtishi bilan uning quvvati pasayadi. Mutaxassislar motorni moʻljallangan haroratgacha qizdirish hamda vaqti-vaqti bilan uzoqroq masofaga harakatlanishni tavsiya qiladilar.