Avtomobilni jarima maydonchasidan onlayn tarzda olib chiqish tartibi

Endilikda haydovchilar oʻz avtomobilini jarima maydonchasidan chiqarib olish uchun maxsus ruxsatnomani onlayn tarzda, mutlaqo bepul olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirish kifoya qiladi. Tizim avtomatik ravishda maʼlumotlarni shakllantiradi va qoidabuzarlik holatlarini tekshiradi. Barcha talablar bajarilgach, foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga maxsus elektron xabarnoma yuboriladi va ushbu hujjat yordamida transport vositasini jarima maydonidan erkin olib chiqib ketish mumkin boʻladi.
Maqolalarga qaytish