Avtomobilni qish mavsumida toʻgʻri qizdirish va uning detallarini asrash sirlari
Avtomobilni sovuq havoda uzoq vaqt joyida qizdirish yoqilgʻi sarfini oshiradi va motor detallariga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ayozli kunlarda dvigatel moyi quyuqlashib, uning qismlariga yetib borishi sekinlashadi. Joyida isitilayotgan motor juda sekin qiziydi va ortiqcha benzin silindr devoridagi moyni yuvib yuboradi. Buning oldini olish uchun mashinani oʻt oldirib, bir-ikki daqiqa kutish va keyin sekin harakatlanish tavsiya etiladi. Harakat vaqtida motor ham, uzatmalar qutisi ham tezroq isib, detallar uzoqroq xizmat qiladi.