Metan gazida ishlaydigan avtomobil dvigatellarining o'ziga xos xususiyatlari va maxsus porshinlar

Avtomobilga metan gazi o'rnatilganda uning dvigateli benzinga nisbatan o'ziga xos sharoitda ishlaydi. Metanning oktan soni baland va detonatsiyaga chidamli bo'lsa-da, uning energiya zichligi pastligi hamda yonish tezligi sekinligi sababli mashina quvvati pasayadi. Shuningdek, yuqori harorat va quruq yonish jarayoni klapanlar hamda porshinlarga qo'shimcha issiqlik yuklamasini beradi. Bu muammolarni oldini olish uchun alyumin yuzasida maxsus qattiq oksid qatlamini hosil qiluvchi anodlangan porshinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ba'zi zamonaviy avtomobil dvigatellari zavodning o'zidayoq metan uchun mo'ljallangan maxsus porshinlar bilan jihozlangan bo'ladi
Maqolalarga qaytish