Motor moyiga qoʻshimcha prisatkalar qoʻshish zarurati va ularning motor ishiga ta'siri
Zamonaviy avtomobil motor moylari oʻz tarkibida detallarni toza saqlash, yeyilishning oldini olish va yuqori haroratda himoya qilish uchun zarur boʻlgan barcha qoʻshimchalarni toʻliq oʻz ichiga oladi. Shu bois sifatli moyga qoʻshimcha ravishda yana prisadka qoʻshish har doim ham zarur emas. Ba'zi shubhali vositalar motorning ishlashini yaxshilashi yoki eskirgan qismlarni yangilashi haqidagi da'volar asossizdir. Eskirgan dvigatelni qoʻshimchalar yordamida yangi holatga keltirib boʻlmaydi, shuning uchun bunday mahsulotlarni tanlashda ehtiyotkor boʻlish maqsadga muvofiqdir.