Nexia mashinalarida xodovoy qism taʼmirlangach uchraydigan noxush tovushlar siri
Nexia avtomobillarida toʻliq xodovoy qism taʼmirlanib, amortizator va boshqa detallar yangilangandan keyin ham baʼzida oʻziga xos toʻqillagan tovushlar saqlanib qolishi mumkin. Koʻpchilik ustalar eʼtibor bermaydigan yoki almashtirish qiyinligi sababli unutib qoldiradigan muhim detal bu stabilizator tyagasi rezinasidir. Arzon turuvchi ushbu rezina qism eskirganda yoqimsiz ovoz chiqaradi va mashinaning yumshoqligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Uni oʻz vaqtida yangilash avtomobil yurishini yumshatadi.