Qora rangli avtomobillarni toza saqlash va ularni yuvishning o‘ziga xos murakkabliklari mavjud
Qora rangdagi avtomobillar tashqi ko'rinishidan doimo jozibali va salobatli ko'rinsada, ularni parvarish qilish o'ta e'tibor talab qiladi. Qora korpusda har qanday mayda nuqson, suvsiz qolgan tomchi izlari, noto'g'ri ishlatilgan kimyoviy vositalar va artish jarayonidagi xatolar darhol ko'zga tashlanadi. Hatto professional avtoyuvish shoxobchalarida ham ba'zida tozalash sifatiga alohida e'tibor qaratish talab etiladi. Mashina yuzasida qolgan mineral suv dog'lari va noto'g'ri harakatlar qora rangning "sotqin" xususiyati tufayli butun ko'rinishni buzib qo'yishi mumkin. Shuning uchun qora avtomobillarni yuvish va quritish jarayonida ma'lum qoidalarga qat'iy amal qilish muhim sanaladi.