Avtomashinaning gazda yurganiga qaramay benzin sarflash sabablarini uy sharoitida aniqlash

Avtomobilda gaz o‘rnatilgan bo‘lsa ham benzin sarflanishi holatini uy sharoitida oddiy usulda tekshirish mumkin. Buning uchun bak og‘ziga salafan qo‘yib sinov o‘tkaziladi. Agar salafan ichkariga tortilsa, bu Adsorber datchigining nosozligidan dalolat beradi. Mazkur qurilma bakdagi benzin bug‘larini motorga yo‘naltirib turish vazifasini bajaradi. Uning ishdan chiqishi benzin sarfining oshishiga, mashinaning ertalab qiyin o‘t olishiga va o‘ziga xos ovoz chiqishiga sabab bo‘ladi.
Назад к статьям