Avtomobil dvigatelini yoz oylarida qizdirish zarurati va uning qoidasi
Avtomobil dvigatelini yoz mavsumida qizdirish masadgaga muvofiqmi degan savol ko'plab haydovchilarni qiziqtiradi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, zamonaviy avtomobillarni uzoq vaqt, ya'ni o'n-o'n besh daqiqa davomida qizdirish talab etilmaydi. Biroq, dvigatelni umuman qizdirmasdan darhol harakatlanib ketish va keskin gaz berish ham tavsiya etilmaydi. Sababi, sovuq holda ishga tushgan motor moyi o'z vaqtida yetib bormasligi uning qismlari yeyilishiga olib kelishi mumkin. Dvigatelni ishga tushirgandan so'ng bir-ikki daqiqa davomida past aylanishlarda ishlatish eng to'g'ri yechim hisoblanadi. Bu motor moyining barcha qismlarga bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi va uning ishdan chiqishining oldini oladi.