Avtomobil balonlarini tanlashda narx va sifat farqlari hamda ularning haydovchilar uchun ahamiyati

O‘zbekistonda avtomobil egalari shinalar xarid qilishda ko‘pincha arzon mahsulotlarni tanlab, mablag‘ tejashga harakat qilishadi. Biroq qimmat va arzon balonlar orasidagi narx farqi unchalik katta emas, ya’ni atigi bir necha dollarni tashkil etadi. Arzon shinalar ko‘pincha qish mavsumida qotib qolishi, yo‘lda kerakli darajada xavfsizlik va qulaylik bermasligi mumkin. Shuningdek, sifatli va premium turdagi balonlar o‘zining maxsus qoliplari, kengligi, balandligi hamda rezina tarkibining xususiyatlari bilan farqlanadi. Zavod standartidagi o‘lchamlarga ega bo‘lgan qimmatroq mahsulotlar avtomobilning yo‘ldagi barqarorligini ta’minlab, uzoq muddat xizmat qiladi.
Maqolalarga qaytish