Elektromobillarning inson salomatligiga ta'siri haqidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari
So'nggi yillarda keng ommalashib borayotgan elektromobillar inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi, jumladan bosh og'rig'i, o'sma kasalliklari yoki bepushtlikni keltirib chiqarishi haqida turli xavotirlar mavjud. Biroq AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya olimlarining ilmiy xulosalariga ko'ra, elektromobillardan tarqalayotgan elektr maydonining quvvati me'yoriy ko'rsatkichlardan o'n barobar kam ekanligi aniqlangan. O'sma kasalligini keltirib chiqarishi uchun ionlashtiruvchi nurlar zarur, elektromobillarda esa bunday moddalar mavjud emas. Shuning uchun bu turdagi transport vositalaridan sog'lig'idan qat'i nazar barcha insonlar hech qanday xavotirsiz foydalanishlari mumkinligi ilmiy jihatdan to'liq tasdiqlangan.