Avtomobil konditsionerining ish faoliyatini sodda usulda tekshirish usullari

Avtomobil konditsionerining ishlashidagi nosozliklarni uning naychalari (trubkalari) harorati orqali aniqlash mumkin. Buning uchun mashina dvigatelini ishga tushirib, konditsionerni yoqish va ma'lum vaqt kutish kerak. Katta va kichik trubkalarning qizish yoki sovish darajasini oʻzaro solishtirish orqali tizimdagi muammolarni bilib olish mumkin. Masalan, bitta trubka muzdek, ikkinchisi iliq boʻlsa, tizim yaxshi ishlayotganini bildiradi. Agar ikkala trubka ham iliq boʻlsa, freon gazi kamaygan boʻlishi mumkin. Kichik trubka muzdek, kattasi oʻta issiq boʻlsa, datchik yoki klapanlarda nosozlik borligini koʻrsatadi. Katta trubka iliq, kichigi esa oʻta qizib ketgan holatda radiator va ventilyatorni tekshirish tavsiya etiladi. Tizimdagi bunday belgilar haydovchiga mutaxassis oldiga borishdan oldin nosozlikni taxminiy aniqlashga yordam beradi.
Maqolalarga qaytish