Avtomobil motorida moy kamayishi muammosi va uning sabablari
Avtomobillarda motor moyining kamayishi har doim ham jiddiy kapital ta'mirlash zaruriyatini anglatmaydi. Bunday holatda darhol xarajat qilishga shoshilmasdan, avvalo maxsus qismlarni tekshirish tavsiya etiladi. Jumladan, motordagi saporny klapanning holatini ko'zdan kechirish muhim hisoblanadi. Agar ushbu qism ishdan chiqsa, moy tepaga haydalib, kollektorga tushadi va natijada chiqarish quvuridan qora tutun chiqishi kuzatiladi. Ko'pincha haydovchilar buni motorning ishdan chiqqanligi deb o'ylab adashadilar. Aslida esa kichik nosozlikni bartaraf etish orqali ortiqcha xarajatlarning oldini olish va muammoni hal qilish mumkin.