Spark avtomobillarida notekis yoʻllardan oʻtganda paydo boʻladigan taqillash sabablari

Spark mashinalarida chuqur va notekis yoʻllardan harakatlanganda oldingi qismdan gʻayrioddiy taqillagan tovushlar kelishi mumkin. Koʻpchilik haydovchilar servis markaziga murojaat qilganda, mutaxassislar xodovoy qismini tekshirib, barchasi soz ekanligini aytishadi. Biroq, bu tovush koʻpincha xodovoy nosozligidan emas, balki amortizator chashkasi va uning detallarining oʻzaro ishqalanishidan kelib chiqadi. Amortizator chashkasidagi temir qism pastdagi rezinkaga urilishi natijasida shunday noxush tovushlar hosil boʻladi.
Maqolalarga qaytish