Avtomobil sotib olishda uning motorini tez va oson tekshirish usullari

Avtomobil xarid qilish jarayonida uning texnik holatini, xususan motor qismidagi yashirin muammolarni tezkor aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun motor qopqogʻini ochib, uning ichki qismini diqqat bilan koʻzdan kechirish talab etiladi. Qopqoq ichida qora nagar yoki kirlar boʻlishi sifatsiz moy ishlatilganidan yoki moyni oʻz vaqtida almashtirmasdan ishlatganidan dalolat beradi. Shuningdek, yoqilgʻi hidi kelishi benzin tizimida nosozlik borligini bildiradi. Agar qopqoq ostida oqargan koʻpik yoki suyuqlik alomatlari koʻrinsa, bu moyga antifriz aralashayotganini va motor prokladkasi kuyganini anglatadi. Shuningdek, moy oʻlchagich, yuksak harorat va tebranish holatlarini tekshirish mashinaning umumiy ahvolini baholashga yordam beradi.
Maqolalarga qaytish