Avtomobilga metan yoki propan o'rnatishning ijobiy va salbiy tomonlari
Mashinalar uchun gaz ballonini tanlashda haydovchilar asosan metan va propan o'rtasida ikkilanishadi. Metan eng tejamkor variant hisoblanib, yoqilg'i sarfi bo'yicha eng arzoni sanaladi. Biroq uning kamchiliklari ham bor: balloni juda og'ir bo'lib, bagaj qismida deyarli joy qoldirmaydi, shuningdek, sovuq kunlarda gaz quyish shoxobchalarida uzun navbatlar yuzaga keladi. Propan esa yengil va kichik o'lchamli bo'lib, ehtiyot g'ildirak o'rniga bemalol joylashadi. Shoxobchalarda navbatlar kamroq va motorga metanchalik og'ir yuklama tushirmaydi. Asosiy kamchiligi — narxi metanga nisbatan qimmatroq va benzin kabi o'zgarib turadi.