Avtomobillarda suv kirishi mumkin boʻlgan yashirin joylar

Avtomobil egalari, xususan, mashinaga xizmat koʻrsatishda salon va kuzov qismlariga namlik oʻtishining oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Transport vositalarining ostki qismi va saloniga suv kirishi mumkin boʻlgan bir nechta asosiy nuqtalar mavjud. Bularga orqa qanotlar ichidagi rezinkalar, tag qismidagi maxsus tiqinlar, qoʻl tormozi trosining rezinkalari hamda konditsioner drenaj naychasi kiradi. Ushbu joylarning zichligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish avtomobil salonini namlik va yoqimsiz hidlardan saqlashga yordam beradi.
Maqolalarga qaytish