Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarida suv harorati koʻtarilishi haqida
Bugungi kunda Tracker va Onix egalari orasida dvigatel suv harorati yuqori koʻrsatayotgani haqidagi bahslar koʻpaygan. Mutaxassislar bu holatni toʻliq tushuntirib berishdi. Ma'lum qilinishicha, antifriz harorati trassada 88-98, shaharda 95-105, tirbandlik hamda konditsioner yoqilganda 108-110 gradusgacha chiqishi texnik jihatdan mutlaqo normal holat hisoblanadi. Sovutish tizimi germetikligi saqlangan va sifatli antifriz ishlatilgan taqdirda xavotirga oʻrin yoʻq.