Cobalt va Spark avtomobillarida pechka va konditsioner havo oqimi kuchsizlanishining asosiy
Chevrolet Cobalt va Spark avtomobillarida salon filtri almashtirilganidan keyin ham pechka yoki konditsioner havosi kuchsiz chiqsa, qoʻshimcha tozalanishi lozim boʻlgan maxsus himoya setkasi mavjud. Ushbu yashirin setka yillar davomida chang, barg va turli chiqindilar bilan toʻlib qolishi mumkin. Uni tozalash uchun oldingi plastmassa qismni yechish talab etiladi. Doimiy ravishda ushbu qismni tozalab turish salon havo aylanishini yaxshilaydi.