Elektromobil akkumulyatorining yurish masofasini oshirish va kalibrovka qilish

Elektromobillarda zaryadning tez tugashi va to'liq masofani bermasligi ko'plab haydovchilarni o'ylantiradigan muammolardan biridir. Ushbu holatning oldini olish va batareya quvvatini to'g'ri taqsimlash uchun maxsus usul mavjud. Buning uchun batareya zaryadini mutlaqo nolga tushirib, so'ngra oddiy 1,5 kilovattli quvvatlagich yordamida 100 foizgacha to'ldirish tavsiya etiladi. Modeliga qarab bu jarayon uch-to'rt kun davom etishi mumkin. Natijada batareya kalibrovka qilinib, uning ishlash muddati uzayadi va kutilmagan nosozliklarning oldi olinadi.
Maqolalarga qaytish