Elektromobillarning salomatlikka ta'siri va elektromagnit to'lqinlar xususiyati

Elektromobillar atrof-muhit va inson salomatligiga ta'siri bo'yicha tez-tez muhokama qilinadigan mavzulardan biridir. Xususan, transport vositalari chiqaradigan elektromagnit to'lqinlarning inson organizmiga zarari bor yoki yo'qligi ko'pchilikni qiziqtiradi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, elektromagnit spektr radio to'lqinlar, mikroto'lqinlar, infraqizil, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlarini o'z ichiga oladi. Elektromobillar hosil qiladigan elektr maydoni esa kundalik hayotda ishlatiladigan eng xavfsiz radio to'lqinlardan ham ancha past ko'rsatkichga ega. Masalan, uy sharoitida ishlatiladigan oddiy Wi-Fi routerlari, radio to'lqinlar yoki elektr chiroqlari tarqatadigan elektromagnit nurlanish darajasi elektromobillarnikidan yuqoriroq bo'lishi mumkin. Shuning uchun zamonaviy elektromobillarning elektromagnit nurlanishi inson organizmi uchun zararsiz deb baholanadi.
Maqolalarga qaytish