Avtomobil faralarining yorugʻlik darajasini toʻgʻrilash va sozlash usullari

Avtomobillarda faralarning yorugʻlik nuri yetarli darajada yoritmasligi koʻplab haydovchilarda uchraydigan odatiy holatlardan biridir. Bunday holat koʻpincha chiroqlarning sozlamasi, yani regirovkasi qochib ketishi sababli yuzaga keladi. Bu muammoni bartaraf etish uchun har bir haydovchi maxsus ustalarga murojaat qilmasdan, uy sharoitida ham oddiy usullar yordamida faralarni oʻziga mos ravishda toʻgʻrilab olishi mumkin. Bunda qarama-qarshi tomondan kelayotgan haydovchilarning koʻzini qamashtirmaslik uchun haydovchi tomonidan chiroq balandligi sal pastroq qilib sozlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Faralarni toʻgʻri sozlash tun va qorongʻu vaqtlarda yoʻlda harakatlanish xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Назад к статьям