Avtomobil haydashda yuk mashinalarini quvib oʻtish qoidalariga rioya qilish muhim

Avtomagistrallarda harakatlanish vaqtida ogʻir yuk mashinalarini quvib oʻtish qoidalariga amal qilmaslik jiddiy xavf tugʻdiradi. Koʻpchilik haydovchilar yuk mashinasini quvib oʻtgach, darhol uning oldiga oʻtib olishadi. Aslida esa oʻnlab tonna yuk bilan harakatlanuvchi transport vositasi favqulodda vaziyatda darhol toʻxtay olmaydi. Shuningdek, katta yuk mashinalarining koʻr zonalari keng boʻlib, haydovchi yonidagi yengil mashinani koʻrmasligi mumkin. Xavfsizlikni taʼminlash uchun quvib oʻtilgan mashina oynada toʻliq koʻringachgina yoʻnalishni oʻzgartirish zarur.
Maqolalarga qaytish