Avtomobilni generalniy ishonchnoma orqali sotib olishning yashirin xavflari

Generalniy ishonchnoma orqali avtomashina xarid qilish qonuniy jihatdan toʻliq egalik huquqini bermaydi va bu jarayon bir qator jiddiy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, mashina egasi vafot etgan taqdirda avtomobil merosxoʻrlarga oʻtib ketadi va siz mashinasiz qolishingiz mumkin. Shuningdek, egasining boshqa qarzlari sababli avtomashinaga taqiq qoʻyilishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, ishonchnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkinligi tufayli moliyaviy yoʻqotishlarga duch kelish xavfi yuqori boʻladi.
Maqolalarga qaytish