Nexia va Spark avtomobillarida orqa gʻildirak podshnikini almashtirish qoidalari

Nexia va Spark avtomobillarida orqa gʻildirak podshnikini almashtirish jarayonida uchta muhim jihatga eʼtibor qaratish lozim. Birinchidan, podshnik ustidagi himoya qopqogʻining butunligini tekshirish kerak, chunki uning shikastlanishi yoki teshilishi suv kirib, qisqa vaqt ichida ishdan chiqishiga olib keladi. Ikkinchidan, mahkamlash gaykasini meʼyoridan ortiq siqmaslik zarur, aks holda uning ichki separator qismi sinib qoladi. Uchinchidan, har doim faqat sifatli ehtiyot qismlarini tanlash muhimdir.
Maqolalarga qaytish